Mutaxassislar dastlab Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida boʻlib, bu yerdagi oʻquv va amaliyotning olib borilishi, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amaliyot xonalaridagi dastgohlar va ularni ishlatilish jarayonlari bilan tanishdi.

Shundan soʻng mehmonlar Fargʻona shahridagi “Aziya Fergana” mehmonxonasiga tashrif buyurdi. Ular mehmonxona faoliyati, u yerdagi sharoitlar bilan tanishib, kelgusidagi rejalar boʻyicha fikr almashdi. Kunning ikkinchi yarmida Margʻilon shahri va Rishton tumanlarida tashkil etilgan “Yodgorlik” masʼuliyati cheklangan jamiyati, “Hunarmandlar”, “Kulolchilar” markazlari faoliyati bilan tanishildi.

Mutaxassislar bilan kelgusida monomarkazda manzarali daraxtlar yetishtirish, ularga ishlov berish hamda landshaft dizayn sohasida mutaxassislar tayyorlashga kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.