Tadbirda Energetika vaziri oʻrinbosari Behzot Narmatov, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, FNQIZ direktori Xabib Latipov, Jizzakh Petroleum bosh direktori Sh.Fayzullayev va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Zavodni modernizatsiya qilish investitsiya loyihasiga koʻra, 2020-2023-yillarda FNQIZda gidrokreking va izomerizatsiya (yoqilgʻi va moy mahsulotlari olish usuli) jarayolarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda “Yevro-5” standarti talabiga javob beradigan avtomobil benzinlari va dizel yoqilgʻilarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.
Ayni paytda mazkur zavodning GDS qurilmasi (dizel yoqilgʻisini gidrotozalash)dagi 1,3 million AQSH dollar qiymatli katalizator almashtirish yoʻli bilan birinchi bosqich ishlari amalga oshirilib “Yevro 4” va “Yevro 5” markali dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.