Fargʻona politexnika instituti 14 ta korxona ochib, 21 milliard soʻm daromad qilgan

    Xorijda oliygohlar tajriba ishlab chiqarish korxonalarini (spin-of) ochib, davlat va ishlab chiqaruvchi mablagʻlarini jalb qiladi, tadqiqot oʻtkazadi, innovatsion mahsulot yaratib, tijoratlashtiradi.

    Ular 5-7-yil ichida universitetdan ajraladi va kichik korxonaga aylanadi.

    Bizda Fargʻona politexnika instituti 14 ta korxona (spin-of) ochib, 21 milliard soʻm daromad qilgan. Bu yil daromadni 40 milliard soʻmga, kelasi yili – 100 milliard soʻmga olib chiqish boʻyicha aniq hisob-kitoblari bor.

    Eng muhimi, ushbu korxonalar ishchilarining 90 foizi oliygoh oʻqituvchilari va talabalari.

    Umuman, jami 12 ta oliygohda bunday 28 ta korxona tashkil qilinib, ular 47 milliard soʻm daromad olgan. Lekin, qolgan 24 ta oliygoh rektorida ham, hokimlarda ham bu borada birorta tashabbus yoʻqligi qayd etildi.