Fargʻona shahar markazida janjallashgan shaxslar maʼmuriy qamoqqa olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona shahar markazida ikki nafar fuqaroning janjallashgani aks etgan videoxabar tarqaldi.

    Bu boʻyicha Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

    Maʼlum boʻlishicha, 11.08.2024-yil kuni Fargʻona shahar Sanoat koʻchasida ikki nafar haydovchi B.O. hamda M.U. oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.

    Janjal shu yerda xizmat olib borayotgan IIO xodimlari tomonidan bartaraf qilingan.

    Shuningdek, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudiga yuborilgan.

    Sud ularning har biriga 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.