Fargʻona shahrida Crystal Avenue yirik turar-joy majmuasi loyihasiga start berildi

    Boshlangʻich toʻlovsiz 5 yil muddatga foizsiz xonadon xarid qilish imkoniyati: Renovatsiya dasturi doirasida Fargʻona shahrida Crystal Avenue yirik turar-joy majmuasi loyihasiga start berildi.

    Boshlangʻich toʻlovsiz 5 yil muddatga foizsiz xonadon xarid qilish imkoniyati: Renovatsiya dasturi doirasida Fargʻona shahrida Crystal Avenue yirik turar-joy majmuasi loyihasiga start berildi

    Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻona shahrida barpo etishga kirishilayotgan Crystal Avenue yirik turar-joy majmuasi loyihasiga start berish marosimida ishtirok etdi.

    Respublikada ilk bor Fargʻona shahrida amalga oshirilayotgan yagona shaharsozlik konsepsiyasiga asoslangan Renovatsiya dasturi doirasida shaharning Turkiston koʻchasida 4 gektar maydonda qad rostlaydigan ushbu majmuada jami 16 ta blokdan iborat 6 ta 16 qavatli turar-joy binosi barpo etilib, ularda 1430 ta xonadon boʻladi. Loyiha xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.