Tadbirda fuqaro X.N. boshqa bir fuqaro B.S.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Z.F.” MCHJga gulchilikka ixtisoslashgan issiqxona qurish uchun ajratib berilgan, 4,5 gektar yer maydonini 35 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.