Maʼlum boʻlishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor I.X. undiruvchi X.Q.ning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Taʼkidlanishicha, farzandlarining moddiy taʼminoti va majburiyatini anglagan qarzdor I.X. aliment toʻlash majburiyatini olgan boʻlsada, farzandining 18 yoshgacha boʻlgan aliment pullarini sobiq turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro kelishgan holda oldindan toʻlab berishini aytib, Majburiy ijro byurosining Fargʻona shahar boʻlimiga murojaat qilgan.
Byuroning davlat ijrochisi tomonidan hisoblab berilgan 75.564.625 soʻm aliment pullarini sobiq turmush oʻrtogʻi toʻliq olgandan soʻng hujjatlar rasmiylashtirilib, ijro hujjati tamomlandi.