Holat boʻyicha Gidrometeorologiya xizmati agentligi maʼlumot berdi.

Ikkita MFY hududida kuzatilgan sel oqibatida quyidagilar sodir boʻldi:

1) Fargʻona tumani Shohimardon MFY hududida joylashgan Qurkul sel yoʻlidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.

2) Fargʻona tumani Shohimardon qishlogʻi togʻ-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomgʻir va doʻl yogʻishi natijasida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shagʻal bilan toʻldirgan.

3) Fargʻona tumani Yordon MFY hududida joylashgan Bukan sel yoʻlidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.

Hozirda FVV xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borilmoqda. Aholi orasida jabrlanganlar yoʻq.

Izoh: Shohimardon va Yordon MFY hududida joylashgan Qurkul, Bukan sel yoʻllaridan kelgan sel oqimlari keltirilgan.