Fargʻona viloyat sud tizimida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi

    Fargʻona viloyat sudi tashabbusi bilan sud tizimida uzoq yillar samarali ishlab, koʻpga ibrat boʻlgan mehnat faxriylari, sud tizimida yoshlar bilan bir safda ish yuritayotgan faxriylar va yosh sudyalar ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

    Fargʻona viloyat sudining raisi Shuhrat Kamolov bunday amaliy uchrashuvlarning bugungi kundagi oʻrni, yoshlar taʼlim-tarbiyasida ahamiyati katta ekanligini taʼkidladi.

    Uchrashuvda soʻzga chiqqan faxriylar, keksalarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning kundan kunga kengayib borayotgani, sud tizimini isloh qilish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar umrlariga umr qoʻshayotganligini eʼtirof etishdi.

    – Odil sudlovni taʼminlash, qonun ustuvorligi va adolatning barqaror boʻlishida sudyalar chinakam fidoyi, halol va qatʼiyatli boʻlishi talab etiladi,–deydi sud tizimi faxriysi Karimjon Tillaboyev.– Bunda faxriylarining amaliy ish tajribasi, yoshlar bilim va salohiyatining uygʻunligi muhim ahamiyatga ega.

    Bir piyola choy ustida kechgan uch avlod uchrashuvi samimiy suhbat, qiziqarli voqea va hodisalarga boy boʻldi. Faxriy mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

    Rasuljon Kamolov,

    «Yangi Oʻzbekiston» muxbiri.