Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi Muhsinxoʻja Abdurahmonov va Perm oʻlkasi hukumati raisi oʻrinbosari – oʻlka sanoat va savdo vaziri Aleksey Chibisov tomonidan imzolangan bitim, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, innovatsiyalar, taʼlim, ilm-fan, madaniyat, turizm, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda yaqindan hamkorlikni koʻzda tutadi.

Ushbu bitim doirasida 2021-2022-yillarda Fargʻona viloyati hamda Perm oʻlkasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi loyihalar va tadbirlar boʻyicha bitimga ilova shaklida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.