Tayinlovga qadar u Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasining mahallalar obodligini taʼminlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Bugun viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Sherzodjon Polvonov jamoatchilikka tanishtirildi.
Sherzodjon Polvonov 1987-yilda Rishton tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi kommunal xizmat koʻrsatish departamenti bosh mutaxassisi sifatida boshlagan. Viloyat hokimligi yetakchi mutaxassisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Fargʻona shahar kengashi raisi boʻlgan.
2015-2017-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Fargʻona viloyati Kengashi raisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi boʻlim mudiri, Fargʻona shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi xodimi, 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi rahbari boʻlib ishlagan. “Shuhrat” medali sohibi.
Joriy yilning mart oyidan Fargʻona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Sherzod Rahimov oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ozod etildi.