Fargʻona viloyati hokimligiga koʻrsatma xati yuborildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimligining qarori qonuniyligi faollarning muhokamalariga sabab boʻlmoqda.

    Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Quvasoy shahridagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tayyor ovqat yetkazib berish huquqini hech qanday tanlov yoki tendersiz aynan bitta tadbirkorga taqdim etilganligi” yuzasidan Viloyat hokimligining 2024-yil 25-iyuldagi qarori qonuniyligi keng jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan ushbu holat oʻrganib chiqilib, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqiqlangan normalarni inobatga olgan holda hamda raqobat muhitini taʼminlash maqsadida qarorni bekor qilish va talablarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan koʻrsatma xati yuborildi.