Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, turli sohalarda rivoj topib borayotgan xalqaro aloqalar, xorijlik sarmoyadorlar faoliyati uchun yaratilgan qulay muhit haqida maʼlumot taqdim etildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiyaviy loyihalar va eksportbop tayyor mahsulotlar boʻyicha takliflarni hind tomoni katta qiziqish bilan kutib oldi.
Tomonlar soʻnggi yillarda ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalar izchil rivoj topayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Jumladan, Fargʻona viloyati delegatsiyasining 2022-yil Haryana shtatiga amaliy tashrifi davomida ikki hudud oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlariga asos solingan edi. Bugungi kunda turli soha vakillari tomonidan oʻzaro manfaatli aloqalar mustahkamlanib bormoqda.
Uchrashuvda hududlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish, xususan, investitsiyalar oqimini koʻpaytirish, yangi qoʻshma korxonalar tuzish, Fargʻonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport hajmini oshirish, sayyohlik almashuvini faollashtirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.