Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Unga koʻra, shu yilning 20-martida “Viloyat hududlarida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash haqida”gi Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun taklif etilayotgan majburiy toʻlov narxlari (tariflari) quyidagicha belgilandi:
Qattiq maishiy chiqindilar uchun:
- Aholiga (bir kishi uchun) bir oylik toʻlov summasi QQS siz shaharlar hududida 6696 soʻm, tumanlar hududida 5804 soʻm;
- Aholiga (bir kishi uchun) bir oylik toʻlov summasi QQS bilan shaharlar hududida 7500 soʻm, tumanlar hududida 6500 soʻm;
- Yuridik tashkilotlarga 1 m3 uchun QQS siz shahar-tumanlar hududida 100 580 soʻm;
- Yuridik tashkilotlarga 1 m3 uchun QQS bilan shahar-tumanlar hududida 112 650 soʻm.