Avtoreyd tadbirlarida 1321 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, 131 ta transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Shuningdek, “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1986 hamda 1988-yilda tugʻilgan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi.
Ular oʻzaro jinoiy til biriktirib, tovlamachilik yoʻli bilan 1987-yildan tugʻilgan fuqaroning sir saqlanishi lozim boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni ruxsatsiz qoʻlga kiritib, tarqatish bilan qoʻrqitib kelgan. Shu maqsadda undan 2 ming 500 AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Buvayda tumanida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa 1991-yilda tugʻilgan shaxs 2022-yilda diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzgani uchun sudlangan boʻlishiga qaramasdan 1996-yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda yashash xonadonining yertoʻla qismida 30 nafar shaxslarga hujra sharoitida diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Yertoʻlada taʼlim olayotganlarning 23 nafari voyaga yetmaganlar boʻlib, ular orasida nafaqat Fargʻona viloyati Sirdaryo, Namangan, Surxondaryo viloyatlaridan ota-onalari tomonidan olib kelinganlari ham bor.
“Koʻmir taʼminot” MCHJ Fargʻona viloyati filiali Soʻx koʻmir ombori 2024-yil davomida 10,7 tonna arzonlashtirilgan koʻmir mahsulotlarini yetkazib bergan. Predmetlarni va hujjatlarni tekshirish tezkor tadbiri davomida Soʻx koʻmir ombori mudiri va mansabdor shaxslari tomonidan yuk xati hujjatlarini soxtalashtirish orqali chiqim hujjatlariga nisbatan 10,7 tonna koʻmir mahsulotlaridan 8,7 tonnasini oʻrnatilgan tartibda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlari ehtiyojlari uchun yetkazib berilib, 2 tonna qiymati 780 mln soʻmlik “BR” markali koʻmir mahsulotlari chiqim hujjatlariga qoʻshib yozish orqali oʻzlashtirib, talon-toroj qilinganligi aniqlandi.
“Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari Fargʻona viloyatining barcha hududlarida davom ettirilmoqda.