Fargʻona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida ushbu masalaga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi, viloyat hokimining Yaponiya taʼlim tajribasini Fargʻona viloyatida sinov tariqasida tadbiq etish boʻyicha yaponiyalik maslahatchisi Goto Mikako, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlari rahbarlari, viloyat, shahar va tumanlar taʼlim sohasi masʼullari hamda tanlab olingan umumtaʼlim maktablari direktorlari ishtirok etdilar.
iloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Fargʻona viloyati delegatsiyasining 2022-yil 5-11-dekabr kunlari Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida Tokio shahridagi Fujimigaoka maktabida olib borilgan oʻrganishlar hamda muloqotlar natijasida, taʼlim va tarbiyani uygʻun holda olib borib, bolalarni hayotga tayyorlashni asosiy maqsad qilgan Yaponiya taʼlim tizimini viloyatimizda sinov tariqasida joriy etishga qaror qilingan edi.