Fargʻona viloyatidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari oʻrganib chiqiladi

    Oʻrganishlar chogʻida ularning moliyaviy ishlariga aralashilmaydi hamda shoxobchalar odatdagi ish tartibi boʻyicha faoliyat koʻrsatadi.

    Viloyat hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha turdagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarining belgilangan norma va meʼyorlarga muvofiqligi holati oʻrganib chiqiladi. Bu haqida viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

    Baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida masʼul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.

    Mazkur ishchi guruhi tomonidan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi (AGQSH) va avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi (AYOQSH)ning sanoat, yongʻin, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi, yoqilgʻi saqlash rezervuar (sigʻim)larning holati va boshqa qonunchilikdagi meʼyorlar oʻrganiladi.

    Oʻrganishlar chogʻida ularning moliyaviy ishlariga aralashilmaydi hamda shoxobchalar odatdagi ish tartibi boʻyicha faoliyat koʻrsatadi.

    Shuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha avtomobillarga yoqilgʻi quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi oʻquv markazida dastur asosida shartli ravishda oʻqitilishi taʼminlanadi.