Fargʻona viloyatidagi maktablarda oʻqish 16-yanvardan boshlanadi

    Ta'lim 10 Yanvar 2023 915

    Ertadan, 11-yanvardan Fargʻona viloyatidagi 12 ta oliy oʻquv yurtlari, 76 ta texnikumlar, kollejlar, kasb-hunar maktablarida oʻqishlar boshlanishi belgilandi.

    Viloyatdagi 975 ta umumtaʼlim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda esa oʻqish 16-yanvar, dushanba kunidan boshlanishiga qaror qilindi.

    Viloyatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari ham 16-yanvardan odatiy faoliyatiga qaytadi.