S&P (Standard & Poorʻs) Global Ratings xalqaro reyting agentligi 2023-yil 8-dekabr kuni eʼlon qilgan hisobotida Fargʻona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini B+ darajasida “Barqaror” deb qayta tasdiqladi. S&P tomonidan Fargʻonaga B+ darajasidagi “Barqaror” prognozli kredit reytingi ilk bor 2022-yil 3-iyun kuni berilgan edi.
S&P Global Ratings yangi hisobotida Fargʻona viloyati byudjetining yuqori oʻsish koʻrsatkichlari hamda tijoriy qarzdorlikning mavjud emasligi alohida eʼtirof etilgan.