Shu munosabati bilan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga ham vaqtincha cheklov oʻrnatilishini eʼlon qildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ hudud aholisining avtobenzinga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish maqsadida birja savdolariga Fargʻona vodiysi uchun 2000 tonna benzin qoʻyishini maʼlum qildi.
“Bu koʻrsatkich shu kunga qadar oʻrtacha kunlik 250, 300 tonnani tashkil etardi. 2000 tonna odatiy kunga nisbatan 7 karra koʻp degani,” — deyiladi xabarda.
Shuningdek, neft bazalar faoliyati 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazilib, avtobenzinni hududiy AYOQSHlarga uzluksiz yetkazib berilishi taʼminlanishi aytildi.








