Modernizatsiya ishlari yakunlangach, maxsus havo kemasi tomonidan tizimning Oʻzbekiston Respublikasi va ICAO xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti talablariga muvofiqligini aniqlash uchun sinov parvozi oʻtkazildi.
Fargʻona aeroportidagi zamonaviy ILS/DME qoʻnish tizimi murakkab meteorologik sharoitlarda havo kemalarining qoʻnishini va aerodrom hududida parvozlar xavfsizligini taʼminlaydi hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshiradi.