Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yoʻldoshev maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, podpolkovnik Akmal Ahmedov yaqin qarindoshiga tegishli boʻlgan Malibu-2 rusumli avtomashinasida sodir etilgan qoidabuzarliklarni qonunga zid ravishda yashirishga uringani fosh etilganidan soʻng egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
“Hozirda mazkur qonunbuzarlikka toʻliq huquqiy baho berish uchun qoʻshimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi YHXX matbuot xizmati xabarida.
Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu avtomobili 106-marta “oxirgi zarurat holatida qoida buzgan” deb topilgan va barcha jarimalar bekor qilingani haqida xabarlar tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgandi.
Fargʻona viloyati IIB holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining besh nafar xodimiga nisbatan intizomi jazo tayinlangani, shuningdek, Malibu-2 avtotransport vositasida sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar boʻyicha jarimalar belgilangan tartibda undirilgani aytilgandi.