Viloyat hokimligining xabar berishicha, Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining 2025-yil 24-aprelda “Viloyat hududlarida suv taʼminoti va oqova suv tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda “Fargʻona suvtaʼminot” MCHJ rahbarining viloyat hududlarida suv taʼminoti va oqova suv tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash yuzasidan tegishli xati, shuningdek, viloyat hokimligining xulosasi inobatga olingan.
Unga koʻra, 1-maydan boshlab narxlar quyidagicha boʻladi:
Bir metr kub ichimlik suvi narxi:
- aholi uchun — 3448 soʻm (amalda — 2128 soʻm);
- byudjet va boshqa tashkilotlar uchun — 6944 soʻm (3350 soʻm).
Oqova suvi xizmatiga:
- aholi uchun — 728 soʻm (amalda — 504 soʻm);
- byudjet va boshqa tashkilotlar uchun — 1736 soʻm (870 soʻm).
Bunda, ushbu narxlar QQSni hisobga olgan holda keltirilgan.