«Garden catering trade» MÇJ rahbari, texnologi, direktori va hisobçisi aybli deb topilib, ularga tegişli jazolar tayinlangan.

Jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudi mazkur işni taraflar iştirokida mazmunan körib çiqib, 2026-yil 21-sentyabrda hukm çiqargan.

Sudlanuvçilarga jazo tayinlaşda ularning qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar töliq qoplangani va jabrlanuvçilarning qonuniy vakillari daʼvolari yöqligini bildirgani inobatga olingan.

Sud tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qonunçilikda muayyan huquqdan mahrum qiliş jazosi tayinlanmasligini ham hisobga olgan. Şu sabab sudlanuvçilarga bunday jazo qöllanmagan.

Hozirça hukm ustidan şikoyat kelib tuşmagan. Biroq undan norozi bölgan taraflar qonunçilikda belgilangan tartib va muddatlarda Farğona viloyati sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida şikoyat berişi, şuningdek, protest keltirilişi mumkin.