Fargʻonada 2021-yilda 560 minga yaqin bepul davlat xizmatlari koʻrsatildi

    Ijtimoiy hayot 11 Yanvar 2022 1175

    2021-yilda viloyatdagi 19 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 1 165 151 ta davlat xizmatlari amalga oshirilgan.

    Shundan 45 925 tasi sayyor tartibda va 45 943 tasi viloyatning qatnov qiyin boʻlgan hududlaridagi 11 ta DXM filiallari tomonidan xizmatlar koʻrsatilgan.

    Shuningdek, 2021-yil davomida 24 601 ta — yangi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, shundan 10 078 tasini yuridik, 14 523 tasini jismoniy shaxslar tashkil etadi.

    Oʻtgan yil davomida 59 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyat boshlagan.

    Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ayni damda Fargʻonada 396 ta qoʻshma va xorijiy korxonalar, 61 994 ta yuridik va 77 442 ta jismoniy koʻrinishga ega tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatyapti, deb xabar beradi DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.