Fargʻonada 3ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Transport 28 Noyabr 2023 684

    28-noyabr kuni soat 08:15 atrofida Buvayda tumani, “Yangiqadam” M.F.Y hududidan oʻtgan “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

    Svetaforning qizil chirogʻida toʻxtab turgan “Kobalt” rusumli avtomobilning ortidan harakatlanib kelayotgan “Neksiya-2”, “Tiko” va “Honday Porter” rusumli avtomobillar qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlamaganligi sababli oʻzaro toʻqnashgan.

    Oqibatda “Tiko” avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

    Ushbu holat yuzasidan Buvayda tumani IIB YXXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati.