U 2020-yilda yoshlar bandligini taʼminlash va issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 29 gektar yer maydonining 5 gektarini mansabdor tanishlari orqali toifasini oʻzgartirib berish evaziga 400 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, mazkur shaxs soʻralgan summadan 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tezkor tadbirning davomida uning mansabdor sherigi — Fargʻona viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ham ushbu mablagʻni qabul qilib olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 28, 211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayblanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.