Fargʻonada 44 ta “Iphone 16 ProMax” telefonlarni noqonuniy olib kirgan shaxs ushlandi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona tumanida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi tezkor kuzatuvga olinib, ushbu tuman hududida toʻxtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

    Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dastlabki qiymati 900 mln soʻmlik jami 44 dona “Iphone 16 ProMax” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.