Fargʻonada 67 yoshli onaxon tomorqasiga 450 tup koʻknori ekkani aniqlandi

    Voqea-hodisalar 3 Iyun 2025 764

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Fargʻona viloyatining Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tadbir davomida, 1958-yilda tugʻilgan Buvayda qishlogʻida yashovchi A.X. (ayol)ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 450 tup koʻknori oʻsimligini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

    Viloyat IIB axborot xizmati fuqarolardan noqonuniy ekinlar parvarish qilmaslikni soʻrab, noqonuniy boʻlgan har qanday ish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini eslatdi.