Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Ғ.Х. va boshqalar tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, Fargʻona shahri "Qirguli" mavzesi hududida novvoyxona faoliyatini tashkil qilib, tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 806,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169 moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.