Fargʻonada 9 ta shirkat oʻrnida boshqaruv kompaniyasi tashkil etildi

    Urbanizatsiya 12 Iyul 2021 917

    Bugungi kunda Fargʻona shahrida joylashgan koʻp kvartirali uylarni malakali boshqaruv-servis kompaniyalariga berish, toʻlovlarni billing tizimida amalga oshirish boʻyicha yagona elektron platformani ishga tushirish jarayonlari olib borilmoqda.

    Jumladan, Fargʻona shahridagi “Istiqlol”, “Lolazor”, “Bobur”, “A.Qodiriy” hamda “Oʻzbekiston” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 136 ta koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash maqsadida yangi, “Kommunal qurilish taʼmir servis” boshqaruv kompaniyasi ish boshladi.

    Mazkur boshqaruv kompaniyasi 9 ta moliyaviy holati nochor shirkat oʻrnida tashkil etildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad koʻp kvartirali uylarning arxitektura qiyofasini yangilash, ularda istiqomat qiluvchi fuqarolarga sifatli kommunal xizmatlar koʻrsatishni taʼminlashdan iborat, deya xabar beradi viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi.