Shuningdek, mazkur tovarlar Fargʻona shahrida yashovchi, 1988-y.t. tadbirkor R.B.ga tegishli ekanligi maʼlum boʻlib, u ham ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, “Fargʻona xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimi X.J. oʻzining boshligʻi A.S.ning koʻrsatmasiga asosan ushbu tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan oʻtkazib yuborgan.
Maʼlum qilinishicha, “Fargʻona xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti boshligʻi vazifasini bajaruvchi A.S. oʻzining boʻysunuvida boʻlgan xodim X.J. va mahalliy fuqarolar bilan kelishgan holda, moddiy manfaatdorlik evaziga, xorijdan kelayotgan yoʻlovchilar nomiga rasmiylashtirilib, olib kelingan juda koʻp miqdordagi tovar qimmatliklarni belgilangan tartibga zid ravishda bojxona nazoratidan oʻtkazish bilan shugʻullangan.
Hozirda holat yuzasidan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan A.S. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.