Tadbirda Axborot texnologiyalari va aloqalarini rivojlantirish vazirligi Farg'ona viloyati hokimligi, IT Park, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali hamda RevoTech  kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Joriy yil 13-yanvar kuni Farg'ona viloyatida ochilayotgan BPO korxonalariga ishga joylashish istagida bo'lganlar bilan yakuniy suhbatlar o'tkazilgan edi. Jami 150 ta ariza kelib tushgan bo'lib, undan 50 nafari birinchi bosqichidan o'tgan. Yakuniy suhbatdan o'tganlarning 22 nafari uchun TATU Farg'ona filialida o'quv jarayonlari boshlandi.

Ushbu 22 kishi BPO kompaniyasiga ishga joylashishdan oldin universitetda bir oylik trening va Toshkent shahrida amaliyotdan o'tadi.

Bo'lajak BPO mutaxassislari AQSHda yuk tashish mashinalari biznes jarayonini Farg'onada turib tekshiradi. Shunday qilib, ular o'z yurtida xorijiy tajriba va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladi.