Bu haqda hokimlik matbuot xizmati maʼlum qildi.

Loyiha Xitoyning “China Energy Construction Gezhouba Overseas Investment Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining shu yilning 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyiha qurilishiga start berilgan edi. Istiqbolli va yirik loyihani amalga oshirish uchun Xitoy kompaniyasi tomonidan 144 mln dollar miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya yoʻnaltirilgan.

Ayni kunlarda loyiha konstruksiyalarining asosiy qismi qad rostlab, qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Xitoydan keltirilgan, har birining quvvati 2 MVt boʻlgan, jami 90 dan ziyod ulkan akkumulyator batareyalari belgilangan manzilga oʻrnatildi. Bunyodkorlik ishlarida 400 nafar quruvchi-mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Loyiha shu yil yakuniga qadar toʻliq ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.