Umumiy loyiha qiymati 55 million AQSH dollarini tashkil etadigan yangi korxonaga 43 million dollar toʻgʻridan xorijiy investitsiya jalb etiladi.
Bu Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan eʼlon qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining 2022 – 2024-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasidan maʼlum boʻldi.
2022-dekabrda ishga tushishi koʻzda tutilgan ushbu korxona Xitoyning Hong Kong ZRSC Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Yillik quvvati dastlabki paytda 10 ming elektromobilga teng boʻladigan ushbu ishlab chiqarish majmuasida 100 dan ziyod yangi ish oʻrni tashkil etiladi.