“Bu kun” dasturida aytilishicha, voqea sodir boʻlgan tunda er-xotin odatdagidek uyquga ketgan. Ular orasida kelishmovchilik yoki janjal boʻlmagan. Tonggi soat 4:30 larda tushida ayolining xiyonatini koʻrgan erkak uygʻonib ketgan. Shundan soʻng erkak yostigʻi tagida turgan pichoqni olib, uxlab yotgan ayolining hayoti uchun xavfli boʻlgan turli joylariga 13-marta urgan.
Buni tush ekanligini anglagan er shifokorlarga oʻzi murojaat qilgan. Ammo, ayol tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Sudda hujjatlariga koʻra, sudlanuvchi erkakning bu kabi shubha-gumonlari voqea sodir boʻlgan kuni paydo boʻlmagan. Avvaldan ayoli bilan gumonlar sabab janjallashib kelgan. Aniqlanishicha, ularning uch nafar farzandi ham boʻlgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Margʻilon shahar sudining hukmi bilan erkakka Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish)ga asosan 16-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.









