Sobiq “Buyuk ipak yoʻli” OAJ va sobiq viloyat moddiy texnika taʼminoti bino inshootlarini, shuningdek Beshbola mahallasida “Taras-servis effekt” MCHJ tomonidan tashkil etilgan kimyoviy oʻgʻit ishlab chiqarish korxonasini birma bir koʻzdan kechirgan viloyat hokim, obyektlarning mulkdorlari bilan ularning rejalari hamda amalga oshirayotgan loyihalari yuzasidan muloqot qildi.
Obyektlardan toʻla quvvatda foydalanishni yoʻlga qoʻyish, istiqbolli rejalar uchun bank kreditlari taqdim etish, yangi loyihalarni joylashtirish boʻyicha mulkdorlar hamda investorlar oʻrtasida dialog tashkil etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasiga shahar hududida boʻsh turgan, toʻla quvvatda foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan barcha obyektlarini xatlovdan oʻtkazish vazifasi topshirildi.