Maʼlum qilinishicha, kecha, 12-dekabr kuni soat 15:24 da Qo‘qon shahar FVBning "101" qisqa raqamiga Alisher Navoiy mavzesi 101/13-uyda yashovchi 31 yoshli D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashidan vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Olib borilgan o‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro D.N. xonadonidagi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda D.N. hodisa joyida vafot etgan. U bilan birga bo‘lgan ukasi B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jarohati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari orlib borilmoqda.