Fargʻonada gilos eksporti boshlandi

    Biznes 8 May 2021 1855

    Fargʻonada 2021-yilgi dastlabki gilos mahsulotini eksport qilish jarayonlari boshlandi. Maʼlumki, Rossiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston kabi xorijiy davlatlarda gilosga boʻlgan talab yuqori.

    Hozirda bunday mahsulotlar “Vodiy”, “Margʻilon” va “Quvasoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan rasmiylashtirilib, eksportga yoʻnaltirilmoqda.

    Viloyatimizning Quva tumani hamda Quvasoy shaharlari gilos yetishtirishda yetakchilik qilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, 2020-yil davomida jami 30 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1389 partiyadagi 13 ming 360 tonna giloslar Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Koreya, Litva, BAA, Polsha, Ukraina, Belgiya va Xitoy kabi davlatlarga eksport qilingan.