Tergov jarayonida maʼlum boʻlishicha, A.Meliqoʻziyev muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borganligi uchun 2000-2004 va 2007-2013-yillarda jazo muddatini oʻtab chiqqan.

Biroq, u oʻziga tegishli xulosa chiqarmay jinoiy faoliyatini tiklab, Internetning “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi “Azam Shodmonov” nomli profili orqali ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilib, virtual doʻstlariga “Hizb ut-Tahrir” DETning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.

A.Meliqoʻziyevning jinoiy harakatlari ayni paytda, Polshada yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir” DETning gʻoyaviy yetakchilaridan biri boʻlgan, Oʻzbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarimizni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aynalib qolishlariga sababchi boʻlayotgan “Mahmud Abdulmoʻmin” taxallusli 1980-yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

Joriy yilning iyul oyida A.Meliqoʻziyevning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi tomonidan koʻrib chiqilib, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.