Joriy yilning 30-sentyabr kuni Fargʻona viloyat IIB Yoʻl-patrul xizmati inspektori X.A belgilangan tartibda Bagʻdod tumani Qirqvolida qishlogʻi hududida “Damas” avtomashinani toʻxtatib tekshirganida, haydovchi A.A. tegishli hujjatlarsiz yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanayotganligi aniqlanib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash jarima maydoniga olib kirilgan.
Haydovchi A.A. xizmatni davom ettirayotgan X.A.ning oldiga kelib, baqir-chaqir qilib, oʻzida boʻlgan pichoqni ochiqdan ochiq namoyish qilgan paytda inspektor X.A. pichoqni undan olib qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Bagʻdod tumani sudiga taqdim etilgan.
Sud fuqaro A.A.ni maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183, 185 prim 2-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topib, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.