Fargʻonada jamoat transporti tarkibi 20 dona zamonaviy avtobus bilan yangilandi

    Mazkur avtobuslar tez orada Qoʻqon shahri avtobus yoʻnalishlarida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Fargʻona viloyatida aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

    Hududda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Bekavtoyoʻlovchitrans” MCHJ tomonidan Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan 20 dona zamonaviy ISUZU HS 45 rusumli avtobuslar xarid qilindi.

    Mazkur avtobuslar tez orada Qoʻqon shahri avtobus yoʻnalishlarida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.