Fargʻonada “Vaz-2103” va “Kobalt” ishtirokida YTX sodir boʻldi

    “Vaz-2103” rusumli avtomobil “Fargʻona halqasi” yoʻlidagi qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Kobalt”ga yoʻl bermay qayrilishi oqibatida YTH sodir boʻldi.

    Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 26-iyul kuni soat 14:30 larda, 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻlining 228 km.da qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobiliga yoʻl bermay qayrilishi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

    YTH oqibatida “Vaz-2103” rusumli avtomobil haydovchisi N.E olgan tan jarohati bilan Qoʻshtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan va shifokorlarning koʻrsatilgan yordamiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

    Hurmatli haydovchilar oʻzingiz va oʻzgalar hayotini xavf ostida qoldirmaslik uchun yoʻl harakati qoidalariga amal qiling, — deyiladi xabarda.