Viloyat hokimi boshchiligidagi Fargʻona tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil mart oyidagi Koreya Respublikasiga tashrifi davomida Seulda Fargʻonaning investitsiyaviy salohiyati taqdimoti oʻtkazilgandi. Muzokaralar natijasida “Incense Korea”, “Herbtherapy” (xushboʻy atirlar), “Juno cosmetics”, “Samhee” (kosmetika), “Techon System” (sensorli qurilmalar), “Korea Electric Lighting” (avtonom lampalar), Yeowoon (zargarlik buyumlari), “Daeha Solutech” (kabel ishlab chiqarish), “Juil” (yongʻinga qarshi himoya vositalari) va boshqa kompaniyalarning ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha hamkorlik bitimlari imzolangandi.
Bugungi uchrashuvda ushbu kompaniyalar rahbarlari hamda boshqa bir qator sarmoyadorlar ishtirok etdi.
Koreyalik tadbirkorlar kun davomida viloyatning salohiyati haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlishganini qayd etib, oʻz loyihalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy ishga kirishishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi. Fargʻona shahridagi Ekoshahar majmuasining tegishli kichik sanoat zonasi hududida “Koreys ishlab chiqaruvchilari Sanoat Texnoparki” tashkil etish boʻyicha Seuldagi muzokaralarda erishilgan kelishuvni hayotga tatbiq etish hamda aniq investitsion loyihalarni ishlab chiqishga kirishishlarini bildirdilar. deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.