Fargʻonada Koreys tili oʻqitish markazi ish boshladi

    Fargʻona shahrida Posco International Textile kompaniyasi tomonidan oʻtgan 2022-yilda barpo etilgan Yoshlar taʼlim markazi qoshida Koreys tili oʻqitish markazi tashkil etildi.

    Bugun ushbu oʻquv markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari Nuriddin Mamajonov, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi Sang ishtirok etdilar.

    Soʻz olganlar tomonidan soʻnggi yillarda Fargʻona viloyati va Koreya Respublikasi oʻrtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani alohida taʼkidlandi. Koreys tili oʻqitish markazi ham viloyatimiz yoshlariga zamonaviy bilimlar berib, xalqaro talablarga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlashda yana bir muhim qadam boʻlishiga ishonch bildirildi.

    Ushbu markazga 13 yoshdan yuqori boʻlgan yoshlar qabul qilinib, ularga bepul 4 oylik oʻquv kurslari tashkil etiladi. Hozirda markazda 50 nafar tinglovchi taʼlim olmoqda.

    Markazning rasmiy ochilish marosimidan soʻng mehmonlar sinf xonalarida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, oʻquv jarayonlari va darsliklar bilan yaqindan tanishdilar.