Fargʻonada mablagʻ ajratilgan boʻlsa-da, loyihalar boʻyicha hali amaliy ish boshlanmagan

    Bu yil “Tashabbusli byudjet” doirasida Fargʻonadagi 266 ta loyihaga 340 milliard soʻm ajratildi. Lekin uch oydan beri koʻplab loyihalar boʻyicha hali amaliy ish boshlanmagani qattiq tanqid qilindi.

    Shu oyni oʻzida “Tashabbusli byudjet”ga viloyat byudjetidan hozirgacha berilmagan mablagʻlarni oʻtkazib berish topshirildi.

    Buning hisobiga 35 ta mahalladagi elektr, gaz va yoʻl masalasi hal boʻladi.

    Umuman, tumanlar mahalliy byudjetida mablagʻni koʻproq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan daromad soligʻini yarmini tuman byudjetida qoldirish masalasini koʻrib chiqish topshirildi.