Fargʻonada mashinaga oʻrnatilgan gaz balon portlab ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatining Rishton tumanida «Lasetti»rusumli avtomashinaning gaz baloni portlab ketganligi boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 27-iyun kuni soat 11:40 larda Rishton tumani, «Markaz» MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan davlat raqami 40 U 860 GB boʻlgan oq rangli «Lasetti»rusumli avtomashinaning gaz baloni portlab ketdi.

    Maʼlumotlarga koʻra, portlash vaqtida avtomobil ichida hech kim boʻlmagan. Portlash oqibatida avtomobil atrofidagi shaxslar turli darajada tan jarohati oldi.

    Xabarda qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytildi.