Bojxona posti xizmat faoliyati boʻyicha jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi va batafsil maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlandiki, bu yerda tadbirkorlar tomonidan barcha bojxona yuk deklaratsiyalari masofaviy taqdim etiladi hamda bojxona xodimlari tomonidan ham shunday tartibda rasmiylashtirilmoqda.
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postida rasmiylashtiruvchi xodimlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari hamda nazorat postlaridagi koʻrik xodimlari bilan aloqa qilish maqsadida videoaloqa va IP telefonlari oʻrnatilib, muloqot ushbu texnik vositalari orqali amalga oshirilmoqda.
Shu kunga qadar mazkur bojxona posti tomonidan 18 mingdan ortiq bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi. Ayni kunda bu yerda 20 nafar xodim ish olib bormoqda.
Amaliyotga joriy etilayotgan bunday qulayliklar natijasida eksport va import operatsiyalari bir necha daqiqalar ichida rasmiylashtirilishiga erishilmoqda.
Press-tur davomida jurnalist va blogerlar ushbu jarayonlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.