Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.
Tadbirda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, "Nuroniy" jamgʻarmasi respublika Boshqaruvi raisi, "Nuroniy" jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi ishtirok etdi va viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 75 nafar faxriylarga I, II va III darajali koʻkrak nishonlari topshirildi.
"Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni Davlatimiz rahbarining alohida Qarorlari bilan koʻp yillar davomida jamiyatning turli sohalarida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, shuningdek, hayotini farzandlariga bagʻishlab, ularni ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab kelgan, jamiyatimizda hurmat qozongan onalarni munosib taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan.