Fargʻonada Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻz uylariga ega boʻldi

    Ijtimoiy hayot 30 Noyabr 2021 6700

    Joriy yil 26-27-noyabr kunlari Fargʻona hamda Margʻilon shaharlarida “Mehribonlik uyi” bitiruvchilariga uylar topshirildi.

    Jumladan Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchisi Saydaxmedova Zilola Maʼmur qiziga, Muratov Murod Sultonaliyevichlarga, Fargʻona shahridan, Qodirov Bahriddin va Karimova Mayramxonlarga Margʻilon shahridan 1 xonali toʻliq taʼmirlangan va jihozlangan uylarning kaliti topshirildi.

    “Anchadan beri uysiz edim. Prezident qarorlari sabab bugun uyli boʻldim. Uyimda hamma sharoitlar bor. Bizga otalarcha gʻamxoʻrlik koʻrsatayotgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga va Milliy gvardiya xodimlariga rahmat” — dedi Zilola Saydaxmedova.

    Margʻilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Qodirov Bahriddin:

    Milliy gvardiyaga kelib 1 oylik armiyaga imtiyoz asosida yuborishlarini soʻrab murojaat qildim. Suhbat davomida Armiyaga ketishga toʻlagani pulim yoʻqligi, kollejni bitirganimdan beri uysizlik muammosi sabab ishxonalarda yashab yurganimni aytdim. Milliy Gvardiya koʻmagi bilan Armiyaga borib xizmat qildim. Bir oylikdan kelishimga mana yangi uylarni kalitini menga topshirdi. Haligacha xursandchiligim ichimga sigʻmayapti.

    Topshirilayotgan uylarning barchasi davlat tomonidan toʻliq, yangitdan, taʼmirdan chiqarilgan boʻlib, har bir uylarga zamonaviy eshik-romlar hamda konditsionerlar oʻrnatilgan. Oshxona va yotoqxona mebellari bilan jihozlangan.

    Shermuhammad Dehqonov,

    Huquqshunos bloger.